SEO

ChatGPT’da chiqish uchun Reddit’da yozish yetmaydi: Parasite SEO

Hamma “Reddit’da mahsulotingizni tilga oling” deydi. Lekin 100 ta raqobatchi ham shunday qilsa, ChatGPT qaysi postni tanlaydi? Javob: Parasite SEO bilan Reddit URL’ning o‘zini kuchaytirish. Buni qanday qilishim, 7 qadamda.

Material tili: O‘zbekcha

Yangilangan

Parasite SEO sxemasi: backlinklar, upvote’lar, izohlar va ulashishlar Reddit’dagi “Best AI video generators” postiga yig‘ilib, Google va ChatGPT’ga olib boradi

Hozir ChatGPT’da chiqish haqida gap ketsa, deyarli hamma bitta maslahat beradi: Reddit’da mahsulotingizni tilga oling.

Bu ishlaydi. Lekin 100 ta raqobatchi ham Reddit’da o‘zi haqida yozsa, ChatGPT qaysi postni oladi? Google qaysi Reddit postini yuqoriga chiqaradi?

Javob eski SEO usullaridan birida: Parasite SEO.

Asosiy ish post yozish emas

Masalan, maqsadli kalit so‘z: best AI video generator.

Reddit’da “10 AI video generators I tested” degan taqqoslash posti yozaman. Runway, Kling, Higgsfield va boshqa raqobatchilar qatoriga o‘z mahsulotimni ham qo‘shaman.

Lekin asosiy ish post yozish emas. Asosiy ish o‘sha Reddit URL’ni kuchaytirish.

Oddiy SEO’da backlinkni o‘z saytingizga qurasiz. Bu yerda esa backlinkni Reddit postining o‘ziga, ya’ni reddit.com/r/.../best_ai_video_generators/ kabi URL’ga qurasiz. Directory linklar, guest postlar, forum linklari, tier-2 linklar va boshqa, agressivroq backlinklar.

Nega? Chunki bitta kalit so‘z bo‘yicha Reddit’da 50 ta post bo‘ladi. Google ularning hammasini yuqoriga chiqarmaydi. Reddit’ning domain authority’si hammasi uchun bir xil. Farqni aynan shu URL’ning o‘z authority’si hal qiladi.

Raqobatchining Reddit postida deyarli link yo‘q. Siznikiga esa 100-200 ta referring page kelgan. Google shu backlinklarning bir qisminigina hisobga olsa ham, sizning Reddit URL’ingiz boshqalaridan kuchliroq bo‘ladi.

Xavf asosiy domeningizda emas

Bu yerda xavf va foyda nisbati ham boshqacha.

O‘z domeningizga minglab sifatsiz backlink yuborsangiz va ish noto‘g‘ri ketsa, asosiy domeningiz zarar ko‘radi. Reddit URL’da esa hammasi alohida sahifada qoladi. Ishlamasa, boshqa post bilan qaytadan boshlaysiz.

Backlinkdan tashqari yana bir qatlam bor

Bu faollik, ya’ni engagement. Reddit’da upvote va izohlar postni bo‘sh sahifadan haqiqiy muhokamaga aylantiradi.

Buni organik yo‘l bilan olish mumkin. Ayrimlar upvote va izohlarni sotib ham oladi. Bu Reddit qoidalariga zid bo‘lishi mumkin, akkaunt va post uchun xavf bor. Lekin SEO nuqtayi nazaridan signal faqat backlink emas.

Bitta URL’da bir vaqtning o‘zida quyidagilar yig‘iladi:

  • backlinklar

  • izohlar

  • upvote’lar

  • Google’dan keladigan trafik

  • Reddit’ning domain authority’si

ChatGPT bir xil mavzudagi 20 ta Reddit postidan manba tanlayotganda qaysi birini oladi? Tasodifiy, 2 ta upvote olgan postni emas. Google’da yuqorida turgan, backlink olgan, izohlari va faolligi bor postni oladi.

Ko‘pchilik AEO’da “Reddit’da brendni tilga oling” degan joyda to‘xtayapti.

Bu yetmaydi. Keyingi qadam: siz tilga olingan Reddit URL’ning o‘zini Google’da ko‘tarish.

Men buni qanday qilaman

  1. Tijoriy kalit so‘z tanlayman: best AI video generator.

  2. Reddit’da oddiy taqqoslash posti yozaman va mahsulotimni raqobatchilar orasiga qo‘shaman.

  3. Post indeksga tushishini kutaman.

  4. Reddit URL’ga backlink quraman.

  5. Izohlar, upvote’lar va haqiqiy faollikni kuzataman.

  6. Reddit sahifasi Google’da qayerga chiqayotganini kuzatib boraman.

  7. Shu vaqtning o‘zida ChatGPT va boshqa LLM’larda bir xil prompt bilan brend qanchalik tilga olinayotganini tekshirib boraman.

Reddit sahifasi Google’da ko‘tarilgani sari LLM’larda ham o‘sha sahifa va undagi brend tez-tez chiqa boshlaydi.

Oldin Parasite SEO bitta maqsad uchun ishlatilardi:

Authority domain + backlinks → Google ranking

Endi bunga yana bitta maqsad qo‘shildi:

Authority domain + backlinks + engagement → Google ranking → LLM visibility

Backlinklar, upvote’lar va izohlar bitta Reddit URL’ga yig‘ilib, Google’dagi o‘rin va LLM’larda ko‘rinishga olib borishini ko‘rsatuvchi sxema
Signallar bitta Reddit URL’da yig‘iladi.

Shuning uchun hamma Reddit haqida gapirayotgan bo‘lsa ham, shunchaki Reddit’da post yozishning o‘zi ustunlik emas.

Ustunlik qaysi Reddit postini kuchaytirayotganingizda.

Maqolalar bo‘limiga qaytish